Ruslan Abdullaev ham finalda gʻalaba qozondi!

Ruslan Abdullaev ham finalda gʻalaba qozondi!

Toshkentdagi "Humo arena"da boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz poyoniga yetmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari oʻtkazilmoqda.

-63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev moʻgʻulistonlik Baatarsux Chinzorigga qarshi ringga koʻtarildi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi koʻk formada harakat qildi.

Ilk raund Ruslan Abdullaevning foydasiga - 4:1.

Ikkinchi raundda ham bokschimizning qoʻli baland keldi - 3:2.

Uchinchi raundda Ruslanning ustunligi qayd etildi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 hamyurtimiz foydasiga.

Shu tariqa, Ruslan Abdullaev Oʻzbekiston terma jamoasiga beshinchi oltin medalni olib keldi va 200 ming dollar pul mukofoniga ega chiqdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar