“Inter” javob o‘yinida ham “Milan”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi (video)

“Inter” javob o‘yinida ham “Milan”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi (video)
“Inter” javob o‘yinida ham “Milan”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi (video)
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob bahsida “Inter” va “Milan” jamoalari 16-may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 74-daqiqada “Inter” hujumchisi Lautaro Martines tomonidan urildi.

Shu tariqa “Inter” har ikki o‘yinda g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Dastlabki o‘yinda “nerazzuri” 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Simone Inzagi shogirdlari hal qiluvchi bahsda “Manchester Siti” — “Real” juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.


YCHL

Yarim final, javob bahsi

“Inter” (Italiya) – “Milan” (Italiya) 1:0

Gol: 1:0 – 74 Martines.

“Inter”: Onana, Dumfris, Darmian, Acherbi, Bastoni, Dimarko (Gozens, 66), Mxitaryan (Brozovich, 44), Chalxono‘g‘lu, Barella (Galyardini, 84), Jeko (Lukaku, 66), Martines (Korrea, 84).

“Milan”: Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav (Kalulu, 64), Ernandes, Krunich, Braim Dias (Origi, 76), Tonali, Rafael Leau, Messias (Salemakers, 76), Jiru.

Ogohlantirishlar: Tiav (56), Barella (79), Tonali (79), Krunich (81), Tomori (82), Martines (82).

Dastlabki o‘yin: 2:0

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar