244
Umarali Rahmonaliyev: "Argentinaga o‘zbek futboli qay darajada o‘sayotganini ko‘rsatish uchun keldik"
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardori Umarali Rahmonaliyev Argentina bilan o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotdan so‘ng intervyu berdi.
- Umarali, Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday kechdi?
- Jahon chempionatiga tayyorgarlik a’lo darajada ketmoqda. Jamoaviy shakllanish, o‘yin uslubini yanada mustahkamlash jarayonlari ketmoqda. So‘nggi yig‘inni Urugvayda o‘tkazdik va bu bizga katta yordam berdi. Sababi iqlim ham, vaqt tafovuti ham Argentina bilan bir xil ekan. Shu tomonlama bu yig‘in juda foydali bo‘ldi.
- Argentina mamlakatidagi sharoitlar haqida nima deya olasiz?
- Xudoga shukur, Argentinada barcha sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulot maydonlari ham ajoyib holatda, shu bois ertaga Argentinaga qarshi ochilish o‘yinida maydonga tushib, borimizni berib, yurtimizga quvonch bag‘ishlashga harakat qilamiz.
- Braziliya terma jamoasi a’zolari mundialning rasmiy to‘pidan norozi bo‘lishdi. Sizlarga ham sezildimi?
- Yo‘q, bizda musobaqaning rasmiy to‘pi bilan hech qanday muammo yo‘q.
- Birinchi raqib Argentina terma jamoasi qay darajada o‘rganildi?
- Nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Argentinaning uslubi, qanday o‘yin olib borishi, kuchli va kuchsiz jihatlarini o‘rgandik. Bugungi yakuniy mashg‘ulotda bo‘lajak bahsga so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazamiz.
- Jamoaning ruhiy holati qanday, terma jamoaning Jahon chempionatidagi maqsadi?
- Maqsadimiz oliy! Bu yerga biz shunchaki ishtirokchi sifatida kelganimiz yo‘q, O‘zbekistonni nimaga qodirligini, o‘zbek futboli qay darajada o‘sayotganini ko‘rsatish uchun keldik. Nasib qilsa ichimizda yonib turgan, vujudimizda jo‘shqinlashib turgan olov orqali o‘zbek futbolini butun dunyoga namoyish etamiz.
Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi