
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino moliyaviy firibgarlik uchun “Yuventus” klubidan o‘n ochko olib tashlangani haqida gapirdi.
“Men butun jamoaga achinaman. Mavsum tugashiga ikki tur qolganda bunday qaror haqida bilish qandaydir shafqatsiz hazilga o‘xshaydi. Men o‘z ishini bajarayotgan, lekin boshqalarning xatolari uchun tovon to‘layotgan mutaxassislarga achinaman”, - dedi portugaliyalik mutaxassis Football-Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, ushbu xabardan ruhiy tushkunlikka tushgan “Yuventus” kecha safarda “Empoli”dan 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 36 turdan keyin 59 ochko bilan “keksa sinora” A Seriya turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar