356
U-20 JCH. Yangi Zelandiya murabbiyi: "Biz mag‘lub bo‘lmadik, aksincha, bir ochko qo‘lga kiritdik"
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O‘zbekisiton — Yangi Zelandiya uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Darren Bazeley o‘yin haqida fikr bildirdi.
"Bilaman, kayfiyatimiz biroz pasaydi. Chunki 90 daqiqa hisobda oldinda borgandik, ammo o‘yindagi qat’iylik, dadillik shunchaki aqlbovar qilmas darajada.
O‘zbekiston juda yaxshi jamoa va ular bizga katta bosim o‘tkazdi. Afsuski, bosim oshgan sari yakunda bitta hujumga dosh berolmadik.
Yigitlar qiyin o‘yin o‘tkazishdi. Biroq shogirdlarim mag‘lub bo‘lmadi, aksincha, jahon chempionatida yana bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Bizni oldinda yana bir o‘yin kutib turibdi.
Biz ko‘proq hujum qilishni, ko‘proq zarbalar yo‘llashni va vaziyatlar yaratishni xohlagandik va ikkita qoyilmaqom gol urdik", — dedi okeaniyaliklar ustozi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi