12:10 / 27.05.2023
145

U-20 JCH—2023. AQSH va Ekvador yoshlari musobaqaning 1/8 finaliga chiqdi

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining A va B guruhida 3-tur bahslari 26-maydan 27-mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

A guruhida O‘zbekiston yoshlari Gvatemalani mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l oldi. Argentina esa Yangi Zellandiya ustidan g‘alaba qozondi.

Ekvador U-20 terma jamoasi Fiji yoshlariga qarshi o‘yinda yirik 9:0 hisobida g‘alaba qozondi va B guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi bahsda esa AQSH yoshlar jamoasi Slovakiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Uchinchi tur bahslaridan keyin AQSH ochkolari to‘qqiztaga yetdi va birinchi o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. Ekvador esa olti ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off masalasini hal qildi.

27-maydan 28-mayga o‘tar kechasi yana ikkita guruhda 3-tur bahslari bo‘lib o‘tadi.

C guruhi

  • Kolumbiya — Senegal 02:00
  • Yaponiya — Isroil 02:00

D guruhi

  • Braziliya — Nigeriya 23:00
  • Italiya — Dominikan 23:00

U-20 JCH—2023

3-tur bahslari

26/27-may

Ekvador — Fiji 9:0

Gollar: 1:0 — 7 Kendri Paes, 2:0 — 34 Klinger Sosa, 3:0 — 36 Jastin Kuero, 4:0 — 45+6 Jastin Kuero, 5:0 — 66 Alan Minda, 6:0 — 85 Alan Minda, 7:0 — 89 Tommi Leonardo, 8:0 — 90+6 Kristofer Sambrano, 9:0 — 90+10 Kristofer Sambrano.

Slovakiya — AQSH 0:2

Gollar: 0:1 — 38 Keyd Kauell, 0:2 — 90+6 Niko Sakiris.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 JCH—2023. AQSH va Ekvador yoshlari musobaqaning 1/8 finaliga chiqdi