10:25 / 30.05.2023
106

Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess 2023” superturnirining blis yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess 2023” superturnirining blis yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi
Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess 2023” superturnirining blis yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.
 
Dunyoning TOP-10 dagi eng kuchli shaxmatchilari, jumladan Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Alirizo Firuzja, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va yana boshqa kuchli grossmeysterlar qatnashayotgan yirik turnir bugundan start oladi.
 
Kecha asosiy turnirdagi o‘rinlar va juftliklarni aniqlab olish maqsadida blis-saralash turniri o‘tkazildi. Ushbu turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
 
Nodirbekka bugun start oladigan asosiy klassik turnirda oq donalarda Anish Giri bilan kuch sinashadi.
 
Manba: Yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish vazirligi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov “Norway Chess 2023” superturnirining blis yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi