
Bugun Vengriya poytaxtida UYEFA Yevropa ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Budapesht shahridagi muhtasham “Ferens Pushkash” stadionida Ispaniyaning “Sevilya” hamda Italiyaning “Roma” klublari o‘zaro maydonga tushadi.
Ta’kidlash kerakki, andalusiyaliklar ushbu musobaqada g‘olib chiqish bo‘yicha mutlaq rekordchi hisoblanishadi. “Sevilya” umumiy hisobda Yevropa ligasida 6 marta chempion bo‘lgan. Rim klubi esa hozircha ushbu turnirda biror marta ham g‘olib bo‘lolmagan. “Roma” 1990/91 yilgi mavsumda ushbu musobaqa finalida ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi g‘olibi kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini ham qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, “Sevilya” – “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar