235
Pochettino kelgach, "Chelsi"da "tozalash ishlari" boshlandi. Bira to‘la 15 futbolchi ketishi mumkin
"Chelsi" Maurisio Pochettino tayinlanganidan so‘ng tarkibni yangilashni rejalashtirmoqda.
Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin klub avvalgi ikki transfer oynasidan keyin 30 kishidan oshgan tarkibni qisqartirishni maqsad qilgan. "Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, jamoani 15 nafar futbolchi tark etishiga umid qilmoqda.
Per-Emerik Obameyang, Xakim Ziyesh, Kristian Pulishich, Eduar Mendi va Kallum Xadson-Odoi jamoani tark etishi kutilmoqda. Kalidou Kulibali, Sezar Azpilikuyeta va Ngolo Kantening kelajagi shubha ostida qolmoqda. Mateo Kovachich, Konor Gallager, Trevo Chaloba va Ruben Loftus-Chikga turli klublar qiziqish bildirmoqda. "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal" tomonidan taklif olgan Meyson Maunt ham "Chelsi"ni tark etishi mumkin, ammo Pochettino uning qolishini xohlaydi.
Umuman olganda, "aristokratlar" bu futbolchilar uchun 259,5 million funt (taxminan 300 million yevro) sarflagan. Klub ular uchun taxminan 280 million funt (deyarli 325 million yevro) olmoqchi.
Obameyang va Kante bepul ketishlari mumkin. Kulibali ijaraga futbolchisiga aylanishi mumkin.
Qolaversa, London klubining 20 dan ortiq futbolchisi ayni paytda boshqa klublarda ijara asosida to‘p surmoqda."Ko‘klar" o‘z sonini qisqartirish niyatida va shuning uchun yozda ijaradan ko‘ra to‘laqonli transferlarni amalalga oshirmoqchi.
Joau Feliks va Denis Zakariya ijara muddatidan so‘ng "Atletiko" va "Yuventus"ga qaytishdi. "Chelsi" ularni sotib olmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi