
Uzoq yillik faoliyati davomida ilk marotaba Yevropadan tashqarida to‘p tepgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida duch kelgan vaziyatlarga o‘z munosabatini bildirmoqda. “An-Nasr” hujumchisi Osiyodagi faoliyati davomida kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelganini tan oldi.
- Har doim qandaydir qiyinchiliklar bo‘ladi. Yevropa futbolida ham shunday. Lekin aniq fakt shuki, Yevropada mashg‘ulotlar asosan ertalab o‘tkaziladi.
Saudiya Arabistonida kunduzi yoki kechki payt ham mashg‘ulot bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Ramazon oyida shunday bo‘ladi. Ramazon boshlanganida biz ayrim kunlari kechasi soat 22:00 da mashg‘ulotga kirishardik. Bu men uchun hayratlanarli holat.
Bularning bari o‘zgacha hissiyot va xotira, menga shunaqa narsalar yoqadi. Chunki oxir-oqibat yangi madaniyatlarni o‘rganib olamiz. Buning o‘ziga yarasha qiyinchiligi ham bo‘ladi, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Portugaliyalik yulduz “An-Nasr” tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Krishtianu RonalduSaudiya ArabistoniYevropa FutboliRamazon OyiAn-NasrQiyinchiliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar