00:54 / 04.06.2023
131

«PSJ» Messi jamoani tark etayotganini e’lon qildi

«PSJ» Messi jamoani tark etayotganini e’lon qildi
Foto: Getty images
Fransiyaning «PSJ» klubi Lionel Messi jamoani tark etayotganini rasman e’lon qildi.
 
«Lionel Messining «PSJ»dagi ikki yillik faoliyatidan keyin futbolchi 2022/23 yilgi mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qilamiz.
 
Klub Leoga keyingi faoliyati davomida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi. «Pari Sen-Jermen» jamoa safida ikki marta Fransiya chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan «Oltin to‘p»ning 7 karra sohibiga chin qalbdan minnatdorchilik bildiradi», - deyiladi klub xabarida.
 
O‘z o‘rnida 35 yoshli argentinalik futbolchi ham Parij klubini tark etayotgani haqida gapirib, «PSJ»ga minnatdorchilik bildirdi.
 
«Klubga, Parij va uning muxlislariga o‘tgan 2 yil uchun rahmat! Keyingi ishlaringizga omad tilab qolaman», - deydi Messi.
 
Messi faoliyatini qayerda davom ettirishi bo‘yicha masalani cho‘zmoqchi emas. U bugun «PSJ» tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.
 
Avvalroq, «Al-Hilol» Messiga yillik 400 million yevro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
 
Ma’lumot uchun, Lionel joriy mavsum Fransiya chempionatidagi 31 o‘yinda 16ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» Messi jamoani tark etayotganini e’lon qildi
ePN