10:51 / 05.06.2023
249

U-20 JCH—2022. Janubiy Koreya Nigeriyani mag‘lub etdi, Urugvay esa AQSHdan ustun keldi

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 5-iyundan 6-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreya yoshlari Nigeriyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlar avvalida koreyaliklar gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Janubiy Koreya yarim finalda Italiyaga qarshi bahs olib boradi.

Yana bir o‘yin AQSH va Urugvay jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Janubiy Amerika vakillari 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Final yo‘llanmasi uchun bahsda Urugvayga Isroil qarshilik qiladi.

Yarim final o‘yinlari boshlanish vaqti bilan tanishing:

8/9-iyun

  • Urugvay – Isroil 22:30
  • Italiya – Janubiy Koreya 02:00

U-20 JCH—2022

Chorak final bahslari

05/06-iyun

Janubiy Koreya – Nigeriya 1:0

Gol: 1:0 – 95 Choy Suk Hyon.

AQSH – Urugvay 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Duarte, 0:2 – 56, avtogol Vinder.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 JCH—2022. Janubiy Koreya Nigeriyani mag‘lub etdi, Urugvay esa AQSHdan ustun keldi