Ayollar chempionati 9-turi doirasidagi "Sevinch" - "Buxoro" uchrashuvida 10:0 hisobi qayd etildi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vladislav Xan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Chempionat autsayderlaridan biriga qarshi maydonga tushdik, rostini aytaman juda ham yomon o‘ynadik. Menimcha o‘yinga ruhan tayyorlanish qiyin bo‘lgani uchun, yaxshiyam g‘alaba qozondik", - dedi Vladislav Xan.
- 9ta o‘yinda 60dan ziyod gol, bu "Sevinch" raqiblardan kuchlimi yoki raqiblar saviyasi ancha pastmi?
- O‘z-o‘zidan "Sevinch" doim O‘zbekistonning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan. Bundan tashqari klubimiz prezidenti oldimizga shunday vazifa qo‘ygan. Ya’ni qiziqarli bo‘lishi uchun imkon qadar ko‘proq gol urishimiz kerak.
- Odatda 1-raqamda darvozabonlarni ko‘ramiz, Tilovova bugun himoyada o‘ynadi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Laylo Tilovova anchadan buyon ham darvozada, ham markaziy himoyachi sifatida o‘ynab kelmoqda.
- Uchrashuv soat 18:00da boshlandi, havo harorati ancha baland edi. Bu nozik xilqat vakilalariga ta’sir qilmaydimi?
- Yo‘q, bunga ko‘nikkanmiz. O‘yin soat nechida boshlansa bir kun avval shu vaqtda mashg‘ulot o‘tkazamiz va moslashamiz. O‘zbekistonda issiqdan nolish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin