303
"Buxoro" ayollar jamoasi bosh murabbiyi 0:10 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin: "Sevinch" 20ta gol urishi kerak edi"
Ayollar chempionati 9-turi doirasidagi "Sevinch" - "Buxoro" uchrashuvida 10:0 hisobi qayd etildi. O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Yusuf Rajabov o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida nima deya olasiz?
- Havo juda ham issiq bo‘ldi. Bahs soat 18:00da boshlandi, ikkinchi taymda quyosh botganidan keyin o‘yin tezroq bo‘ldi. Agar yanada kechroq bo‘lganida yaxshiroq bo‘lardi. "Sevinch" tarkibini bilasiz terma jamoa asosini tashkil etadi. Bizda bo‘lsa 16 yoshli qizlar o‘ynashdi, 6 nafar futbolchimizda jarohat olgan, shu bois yoshlarni o‘ynatishga majbur bo‘ldim. Birinchi taymning o‘zida "Sevinch" klassni ko‘rsatdi. "Sevinch"ga omad tilayman.
- "Sevinch"ning tarkibi jihatidan olib qarasak, 10:0 hisobi normal holatmi?
- Yo‘q, "Sevinch" bugun 20ta gol urishi kerak edi. To‘g‘risini aytaman. Shoyimova hamda Karachik eng zo‘r futbolchilar. Shunday o‘yinchilar ko‘paysa chempionat saviyasi o‘sadi, terma jamoaga foyda bo‘ladi. "Sevinch" bizdan saviya jihatidan ikki bosh yuqori edi.
- "Buxoro" tanaffusda kiyim almashtirish xonasiga kirmadi...
- Kiyim almashtirish xonasiga kirib ko‘ring, juda issiq. Sharoit yomon emas, shunchaki issiq. U yerga kirganidan ko‘ra tashqarida salqinda o‘tirganimiz yaxshi edi.
Nomoz Choriyev suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin