17:09 / 05.06.2023
314

Karim Benzema “Al-Ittihod” futbolchisiga aylandi

Karim Benzema “Al-Ittihod” futbolchisiga aylandi
Fransiyalik futbolchi Karim Benzema “Al-Ittihod” futbolchisiga aylandi. Bu haqida Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Foto: Twitter
“Real”dagi 14 yillik faoliyatidan so‘ng Benzema Saudiya Arabistoni klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Bitimni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud.
 
Benzema “Madrid” muxlislari bilan xayrlashganidan so‘ng yangi klub bazasiga yo‘l oladi.
 
Avvalroq, fransuz “Al-Ittihod” tarkibida 2 yilda 200 million yevro ishlab topishi xabar qilingandi.
 
Ma’lumot uchun, Karim “Lion” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2009 yilda “Real” safiga kelib qo‘shilgandi. Fransiyalik futbolchi “Qirollik klubi” safidagi 14 yil davomida 25 ta sovringa ega chiqdi. Ular orasida 5 ta Chempionlar Ligasi sovrini va 4 ta La Liga chempionligi bor. 2022 yilda Benzema “Oltin to‘p”ga ega chiqdi.
 
Benzema Madrid jamoasi safida 648 ta o‘yin o‘tkazib, 354 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Real” tarixida faqat Krishtianu Ronaldu (450) undan ko‘p gol urgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karim Benzema “Al-Ittihod” futbolchisiga aylandi
ePN