08:21 / 08.06.2023
245

Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi

Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi
Foto: Getty images
Lionel Messi «Inter Mayami»ga o‘tayotganini tasdiqladi.
 
«Mayamiga ko‘chib o‘tishga qaror qildim. Kelishuv 100% hal qilinganmi yoki nimadir yetishmayaptimi, hali ishonchim komil emas. Lekin faoliyatimni MLSda davom ettirishga qaror qildik», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
 
Messi «Inter Mayami»ga o‘tishida pul asosiy omil bo‘lmaganini aytdi.
 
«Aslida moliyaviy masalalar men uchun hech qachon muammo yoki to‘siq bo‘lmagan. Biz «Barsa» bilan shartnomani muhokama qilmadik. Hech qanday rasmiy, yozma taklif yo‘q edi. Hech narsa yo‘q edi. Niyat bor edi, lekin oldinga siljiy olmadik, pul haqida ham rasman gaplashmadik.
 
Agar gap pulda bo‘lsa, Arabistonga yoki boshqa joyga ketardim. Saudiyaliklarning taklifi menga juda katta puldek tuyuldi va haqiqat shuki, qarorim pul emas, boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilindi», — deya Messining so‘zlarini keltiradi Diario Sport.
 
Avvalroq argentinalik futbolchining sobiq klubi «Barsa» undan kutishni so‘ragani, Saudiya Arabistoni variantini esa Leoning oilasi ma’qullamagani haqida xabar qilingandi.
 
Ma’lumot uchun, angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem «Inter Mayami»ning egalaridan biri sanaladi. Klub MLS sharqiy mintaqasida 16 o‘yindan keyin 15 ochko bilan so‘nggi 15-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettiradi
ePN