
Fransiyalik hujumchi Karim Benzema "Al-Ittihod" klubiga o‘tishi sababi haqida gapirdi.
Klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida futbolchi nima uchun Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qaror qilgani haqidagi savolga javob berdi.
"Chunki men musulmonman va bu musulmon mamlakat. Men har doim shu yerda yashashni xohlaganman", - dedi Benzema.
35 yoshli futbolchining “Al-Ittihod” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq, Karim yangi klubida yiliga 100 million evro ishlab olishi ma’lum bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar