00:13 / 10.06.2023
339

Messi: “Barsa”ga borishni istamagan kattakonlar bor...

Messi: “Barsa”ga borishni istamagan kattakonlar bor...
“Inter Mayami” futbolchisiga aylangan Lionel Messi “Barselona”ga transferi nega o‘xshamaganiga izoh berdi.
 
Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik argentinalik yulduz o‘zini tarbiyalagan klubga qaytishini kutgandi. Amalda bunday bo‘lmadi.
 
- “Barselona” rahbariyatida meni qaytishimni istamaydigan odamlar borligi aniq. Aynan o‘shalar, ketishga majbur bo‘lgan paytimda ham klubda qolishimga to‘sqinlik qilgan edi.
 
Ko‘pchilik kabi men ham qaytishimni kimlar xohlashini yaxshi bilaman. Ular buni oshkora aytib keladi. Lekin rahbarlar orasida meni klubda ko‘rishni istamaydigan va qaytishim “Barselona”ga muammo tug‘diradi, deb hisoblaydiganlar ham bor, - dedi Lionel Messi.
 
Lionel Messi PSJdan “Barselona”ga o‘tish niyati bor edi. Biroq, Kataloniya klubi rahbariyati unga rasmiy taklif bilan chiqmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: “Barsa”ga borishni istamagan kattakonlar bor...
ePN