Pep Gvardiola ikkita trebl qayd etgan birinchi murabbiyga aylandi


Bugungi g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola ikkita treblni amalga oshirgan tarixdagi birinchi murabbiyga aylandi.
Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" UYEFA Chempionlar ligasi finalida "Inter"ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0). Bundan tashqari "Manchester Siti" joriy mavsum APL va Angliya Kubogi g‘olibiga aylangan edi.
Bungacha Gvardiola 2008/09 yilgi mavsumda "Barselona" bilan Chempionlar ligasi, LaLiga va Ispaniya Kubogida zafar quchgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…