
Pep Gvardiola "Manchester Siti" bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan keyin o‘z fikrlari bila o‘rtoqlashib o‘tdi.
“Siti” Istanbulda “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Pep uchun bu 2011 yildan beri turnirdagi birinchi va faoliyatidagi uchinchi YECHL sovrini.
- Siz o‘zingizni qanday his qilyapsiz?
- Charchagan. Sokin. Qoniqarli. Bu g‘alati kubokni yutish juda qiyin! Ushbu turnir tanga tashlashga o‘xshaydi. Biroq biz hammasiga tayyor edik.
- Nega "Siti" bunchalik yaxshi?
- O‘ylaymanki, biz jarima maydonchasida biroz yaxshiroq himoyalanamiz. Hatto xato qilsak ham. Biz ishonchliroq ko‘rindik.
Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emasdi va buni tan olamiz. Qachondir yana finalda duch kelsak, eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz mumkin.
- Keyingi yutuqlar haqida nima deya olasiz?
Endi kelasi mavsum haqida o‘ylashga kuchim yo‘q", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar