
Erling Xoland "Manchester Siti"dagi debyut mavsumida 52 ta gol urdi va 3 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. 22 yoshli norvegiyalik futbolchi o‘tgan yozda Dortmundning "Borussiya"sidan 75 million yevro evaziga APL klubiga o‘tgandi.
Xoland “Man Siti” bilan birgalikda chempionlik va Angliya kubogi, shuningdek, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonib, trebl qayd etdi.
Erling joriy mavsum APL hamda Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U “shaharliklar” safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urdi. APLda 36 ta (35 o‘yinda), YECHLda 12 ta (11 ta o‘yinda), 4 ta Angliya kubogida va 1 ta Angliya liga kubogida.
Hujumchi faqat Angliya Superkubogi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda (1:3) o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ya olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar