
A Seriyada qolish o‘yinda "Spetsiya" hamda "Verona" o‘zaro kuch sinashdi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan spetsiyaliklar raqibga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Legionerimiz jamoadoshi Ampaduning goliga assist vazifasini bajardi. Shuningdek, 68-daqiqada penalti ishladi va raqib futbolchisini qizil kartochka olishga majbur qildi. Biroq Nzola Eldor ishlagan penaltini golga aylantira olmadi.
Shu tariqa, "Spetsiya" A Seriyani tark etdi.
Kechagi bellashuvda hamyurtimizning xatti-harakatlari "SofaScore" portali tomonidan 7.1 ballga loyiq ko‘rildi. "Spetsiya" tarkibida undan faqatgina Ampadu balandroq ball to‘pladi - 7.3.
Quyida barcha futbolchilarga qo‘yilgan ballar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar