13:22 / 13.06.2023
123

Mbappe “PSJ” rahbariyatiga 2024 yil jamoani tark etishi yozilgan xat yubordi

Mbappe “PSJ” rahbariyatiga 2024 yil jamoani tark etishi yozilgan xat yubordi
Foto: Getty Images
“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaydi. Futbolchining jamoa bilan hozirgi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va unda bitimni yana bir mavsumga uzaytirish bandi bor.
 
Get French Football News xabariga ko‘ra, futbolchi 12 iyun kuni klub rahbariyatiga rasmiy xat yuborgan va unda Mbappe har qanday holatda ham shartnomani uzaytirish bandini faollashtirmasligi haqida ma’lum qilgan.
 
“PSJ” rahbariyati bu xat haqida birinchi bo‘lib fransuz jurnalistlaridan eshitgan. Ma’lum bo‘lishicha, xat Parij klubiga yetib borgunga qadar uning nusxasi jurnalistlar qo‘lida bo‘lgan, deya xabar qilmoqda The New York Times.
 
Endilikda “PSJ” olida ikkita yo‘l qolmoqda: futbolchini bu yozda sotish yoki kelasi yil tekinga qo‘yib yuborish. The Telegraph jurnalisti Jeyson Bertga ko‘ra, parijliklar Mbappeni transferga qo‘ygan.
 
Cadena SER ma’lumotlariga ko‘ra, “PSJ” haqidatda Kilianni sotishga tayyor, biroq “Real”ga emas.
 
Ayrim xabarlarda aytilishicha, Madrid klubi rahbariyati Mbappe bu harakatni amalga oshirishini ancha avval bilgan.
 
2022 yil yozida Kilian erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishi mumkin edi, biroq so‘nggi lahzalarda “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirib, jamoada qolishni ma’qul ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe “PSJ” rahbariyatiga 2024 yil jamoani tark etishi yozilgan xat yubordi
ePN