Bir necha kun avval Italiya chempionatining o‘tish o‘yinida "Spetsiya" va "Verona" o‘zaro to‘qnash keldi. Bellashuvda "Verona" 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, A Seriyada qoladigan bo‘ldi.
Mavsumning yarmini "Spetsiya"da ijara asosida o‘tkazgan Eldor Shomurodov yana "Roma"ga qaytadi. Bu haqda futbolchining o‘zi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga kelganda ma’lum qildi.
Qolaversa, "Roma" Janluka Skamakkaga qiziqish bildirmoqda. "Vest Xem" hujumchisi yana Italiyaga qaytishi mumkin. Bu haqda mahalliy jurnalist Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "bo‘rilar" 24 yoshli forvardni qo‘lga kiritmoqchi. Klub vakillari shu hafta futbolchining agenti bilan uchrashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov "Roma"ga o‘tishdan avval "Jenoa"da Janluka Skamakka bilan birga to‘p tepgandi. Endi ular Rim klubida ham jamoadoshga aylanishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi