10:27 / 15.06.2023
89

Millatlar Ligasi. Xorvatiya Niderlandiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi

Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi 14-iyun, chorshanba kuni Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida niderlandlar hisobni ochdi. Hujumchi Donyel Malen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Jamoalar tanaffusga 1:0 hisobi bilan yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘limda xorvatlar hujumkorlik namoyish etib, muvozanatni tikladi. Andrey Kramarich 55-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. 72-daqiqada Mario Pashalich Xorvatiyani hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, o‘yin yakunlanishiga bir necha soniyalar qolganda Noa Lang hisobni tenglashtirdi. Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda xorvatlar gol urdi. 98-daqiqada Bruno Petkovich o‘z nomini tabloga yozdirdi. O‘yin so‘ngida esa Luka Modrich penaltidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa Xorvatiya terma jamoasi yarim finalda g‘alaba qozondi.

Xorvatiyaning raqibi 18-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya — Italiya uchrashuvida aniqlanadi.



Millatlar Ligasi

Yarim final bahsi

14-iyun, chorshanba

Niderlandiya – Xorvatiya 2:4

Gollar: 1:0 – 34 Malen, 1:1 – 55 Kramarich (penalti), 1:2 – 72 Pashalich, 2:2 – 90 Lang, 2:3 – 98 Petkovich, 2:4 – 116 Modrich (penalti).

Niderlandiya: Beylo, Dumfris (Lang, 85), van Deyk, Gertryuyda, Ake (Malasia, 105), Kopmeyners, de Yong, Viffer (Veynaldum, 75), Simons (Vegorst, 64), Gakpo (de Ron, 105), Malen (Bergveyn, 75).

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 79), Vida, Shutalo (Petkovich, 90), Perishich, Modrich, Kovachich (Mayer, 85), Brozovich, Pashalich, Ivanushes (Vlashich, 78), Kramarich (Erlich, 90).

Ogohlantirishlar: Kovachich (17), Pashalich (24), de Yong (38), Brozovich (63), Livakovich (90), Kopmeyners (93), Malasia (116).


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Millatlar Ligasi. Xorvatiya Niderlandiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi