14:40 / 15.06.2023
75

Sardor Sobirxo‘jayev: "O‘yinning boshida biroz bo‘shashib harakat qildik, taktik o‘zgarishlardan keyin vaziyatni o‘ngladik"

Sardor Sobirxo‘jayev: "O‘yinning boshida biroz bo‘shashib harakat qildik, taktik o‘zgarishlardan keyin vaziyatni o‘ngladik"
"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng futbolchi Sardor Sobirxo‘jayev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Uchrashuv haqida fikrlaringiz?
- O‘yinning boshida biroz bo‘shashib harakat qildik. Raqib birinchi taymda yaxshiroq o‘ynadi. Bizda vaziyatlar bo‘lmadi, ularda esa bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda murabbiylarimiz taktik o‘zgarishlar amalga oshirishdi va o‘yin yaxshi tomonga o‘zgardi.
 
- Shomurodovning maydonga tushgani jamoa a’zolariga qo‘shimcha ishonch bag‘ishladi desak bo‘ladimi?
- Albatta, albatta. Shomurodov, Masharipov va Shukurov hozirgi davrda terma jamoa liderlari. Ularning birortasi bo‘lmasa ham o‘yinda biroz muammo bo‘lishi mumkin.
 
- Keyingi o‘yin haqidagi fikringiz?
- Guruhdagi narigi uchrashuv durang bilan yakunlanibdi. Bu esa biz keyingi bosqichga chiqqanimizni anglatadi. Menimcha, murabbiy uchinchi uchrashuvda o‘yin amaliyoti kam bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat bersa kerak. Baribir, Eron terma jamoasi o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonishini taxmin qilsak bo‘ladi.
 
- Turkmanistondan bu darajadagi qarshilikni kutganmidingiz?
- To‘g‘risi, yo‘q. Chunki biz raqibning oldingi uchrashuvini ko‘rdik. Ular Tojikistonga qarshi bunday o‘yin ko‘rsatmagandi. Birinchi o‘yinda Turkmaniston tarkibidagi to‘qqizta futbolchi o‘ynamagan ekan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Sobirxo‘jayev: "O‘yinning boshida biroz bo‘shashib harakat qildik, taktik o‘zgarishlardan keyin vaziyatni o‘ngladik"