Millatlar Ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Italiya ustidan g‘alaba qozondi

Millatlar Ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Italiya ustidan g‘alaba qozondi
Millatlar Ligasi. Ispaniya so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Italiya ustidan g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images
Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniya terma jamoasi 15 iyun, payshanba kuni Italiyaga qarshi bahs olib bordi.
 
Uchrashuvning 3-daqiqasida Ispaniya futbolchisi Yeremi Pino hisobni ochdi. 11-daqiqada esa Chiro Immobile penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. Jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo‘l oldi.
 
Ikkinchi bo‘limda ham hujumkor vaziyatlar bo‘ldi va 88-daqiqada esa ispanlar xavfli vaziyatni golga aylantirdi. Bu safar Xoselu o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa Ispaniya zafar quchdi va finalga yo‘l oldi.
 
Ikkinchi yarim finalda Xorvatiya Niderlandiya ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Millatlar Ligasi finalida Ispaniya va Xorvatiya o‘zaro to‘qnash keladi.
 
Millatlar Ligasi
15 iyun, payshanba
Ispaniya – Italiya 2:1
Gollar: 1:0 – 3 Pino, 1:1 – 11 Immobile (penalti), 2:1 – 88 Xoselu.
Ispaniya: Unai Simon, Navas, Laport, Le Norman, Alba, Merino (Fabian Ruis, 74), Rodri, Pino (Fati, 74), Gavi (Kanales, 68), Rodrigo (Asensio, 46), Morata (Xoselu, 84).
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi (Darmian, 46), Toloi, Acherbi, Spinassola (Dimarko, 46), Jorjino (Kristante, 61), Barella, Frattezi (Verratti, 76), Zaniolo, Immobile (Keza, 60).
Ogohlantirishlar: Immobile (38), Alba (45), Gavi (57), Morata (83).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar