O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatulalev Osiyo kubogi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Barchaga Assalomu alaykum. Avvalambor turnir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz bu turnirni intizorlik bilan kutdik. Jamoa tomonidan musobaqaga uzoq tayyorgarlik ko‘rildi. Futbolchilar esa ertangi uchrashuvni intizorlik bilan kutishmoqda. Umuman olganda, biz turnirga tayyormiz.
Tayyorgarlik juda yaxshi o‘tdi deya olaman. Osiyo, Yevropa va Janubiy Amerikaning eng kuchli jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik.
Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, o‘ylashimcha, ularni yetarlicha o‘rganishga harakat qildik. Yaponiya va Hindiston terma jamoalariga qarshi oldin o‘ynaganmiz va bir birimizni yaxshi bilamiz. Ushbu musobaqada barcha jamoalar o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishgan. Xususan, biz ham. Musobaqada zafar quchib, Jahon chempionatiga yo‘l olishni maqsad qilganmiz. Barcha jamoalarga omad tilayman", - dedi Rahmatulalev.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi