06:35 / 17.06.2023
136

Yevro—2024 saralashi. Fransiya va Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yevro—2024 saralashi. Fransiya va Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashining 3-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 16 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
 
Fransiya safarda Gibraltarga qarshi bahs olib bordi va to‘liq ustunlikka ega bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Olive Jiru va Kilian Mbappe urgan bo‘lsa, yana bir gol Armen Mueli avtogol sifatida yozildi.
 
Angliya esa Maltani tor-mor etdi. Inglizlar tarkibida Trent Aleksander-Arnold, Harri Keyn, va Kallum Uilson o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Ferdinando Apap o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
 
Uels o‘z maydonida Armanistonga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi, Turkiya Latviyani mag‘lub etdi.
 
Yevro—2024 saralashi
3-tur bahslari
16 iyun, juma
 
Gibraltar – Fransiya 0:3
Gollar: 0:1 – 3 Jiru, 0:2 – 45 Mbappe (penalti), 0:3 – 78 Mueli (avtogol).
Gibraltar: Kuling, Sarjent, Olivero, Chipolina, Bernardu Lopesh, Britto, Ronan (Uayzmen, 72), Poso (Chipolina, 84), Xartman (Ennesli, 60), El-Xmidi (Mueli, 60), Kassiaro (De Barr, 60).
Fransiya: Samba, Pavar, Konate (Disasi, 84), Fofana, Ernandes, Tchuameni, Kamavinga (Fofana, 79), Koman (Dembele, 66), Jiru (Kolo-Muani, 66), Grizmann (Nkunku, 66), Mbappe.
 
Malta – Angliya 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Apap (avtogol), 0:2 – 28 Aleksander-Arnold, 0:3 – 31 Keyn (penalti), 0:4 – 83 Uilson (penalti).
Malta: Bonello, Borg, Muskat, Apap, Attard (Korbalan, 87), Kristensen (Muskat, 60), Giyome (Yankam, 46), Teuma, Mbong, Nvoko (Satariano, 60), Jons (Degabriele, 77).
Angliya: Pikford, Tripper, Maguayr, Gehi, Shou (Mingz, 60), Aleksander-Arnold, Henderson (Reshford, 60), Rays, Meddison (Eze, 70), Saka (Foden, 46), Keyn (Uilson, 60).
Ogohlantirish: Kristensen (49).
 
Gretsiya – Irlandiya 2:1
Gollar: 1:0 – 15 Bakasetas (penalti), 1:1 – 27 Kollinz, 2:1 – 49 Masuras.
 
Shimoliy Makedoniya – Ukraina 2:3
Gollar: 1:0 – 31 Bardi (penalti), 2:0 – 39 Elmaz, 2:1 – 62 Zabarniy, 2:2 – 67 Konoplya, 2:3 – 83 Sigankov.
 
Latviya – Turkiya 2:3
Gollar: 0:1 – 22 Bardakji, 1:1 – 51 Emsis, 1:2 – 61 Under, 2:2 – 90 Tobers, 2:3 — 90 Kahveji.
 
Uels – Armaniston 2:4
Gollar: 1:0 – 10 Jeyms, 1:1 – 19 Selarayan, 1:2 – 30 Ranos, 1:3 – 66 Ranos, 2:3 – 72 Uilson, 2:4 – 75 Selarayan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024 saralashi. Fransiya va Angliya yirik hisobda g‘alaba qozondi
ePN