21:23 / 17.06.2023
95

"CAFA Nation's Cup-2023". O‘mon Turkmanistonni mag‘lub etib 2-o‘ringa chiqib oldi

"CAFA Nation's Cup-2023". O‘mon Turkmanistonni mag‘lub etib 2-o‘ringa chiqib oldi
"CAFA Nation's Cup" turniri "A" guruhidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda Ummon bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda ummonliklar ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi.
 
Ummon safida al-Mushayfri va al-Subhi gollarga mualliflik qildi. Bu gollar termaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
 
Shu tariqa, Ummon ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Turkmaniston hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etdi.
 
Turkmaniston - O‘mon 0:2
Gollar: Al Mushayfri 42, Al Subhi 76.
Turkmaniston: 1.Choriyev, 2.Annaguliyev, 3.Toyjanov, 4.Saparov, 8.Atayev, 9.Annayev, 15.Bashimov, 17.Annadurdiyev, 20.Bayov, 21.Saparguliyev, 23.Choriyev.
O‘mon: 1.Al Muhayni, 6.Al Xamisi, 8.Al Ahbari, 11.Abdulgafur, 12.Al Hassani, 14.Al Kaabi, 16.Al Brayki, 19.Al Mushayfri, 20,Al Yahyoi, 21.Al Mushayfri, 23.Al Saadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "CAFA Nation's Cup-2023". O‘mon Turkmanistonni mag‘lub etib 2-o‘ringa chiqib oldi
ePN