Ispaniya - Millatlar Ligasi chempioni!

Uchinchi bor o‘tkazilgan Millatlar Ligasining final bosqichida Xorvatiya va Ispaniya chempionlik uchun maydonga tushishdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi, penaltilar seriyasida esa Simonning 2ta seyvi ispanlarga g‘alaba keltirdi.
3-o‘rin uchun bahsda Italiya mezbon Niderlandiyadan ustun kelib, bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning avvalgi g‘oliblari Portugaliya va Fransiya milliy jamoalari edi.
Millatlar Ligasi. Final. 18 iyun
Xorvatiya — Ispaniya 0:0
Penaltilar seriyasi — 4:5
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 112), Erlich, Shutalo, Perishich, Modrich, Kovachich, Brozovich, Pashalich (Petkovich, 61), Ivanushets (Vlashich, 78), Kramarich (Mayer, 90).
Ispaniya – Simon, Navas (Karvaxal, 97), Laport, Le Norman (Nacho, 78), Alba, Ruis (Merino, 78), Rodri, Pino (Fati, 66), Gavi (Olmo, 87), Asensio, Morata (Xoselu, 66).
Ogohlantirishlar: Gavi (81), Petkovich (90+2), Nacho (96), Rodri (97).
3-o‘rin uchun
Niderlandiya — Italiya 2:3
Gollar: Bergveyn (68), Veynaldum (90) — Dimarko (6), Frattezi (20), Keza (73).
Niderlandiya – Beylo, Dumfris, van Deyk, Gertryuyda (Veynaldum, 46), Ake, de Yong, Lang (Vegorst, 46), Viffer (Verman, 76), Simons (Kopmeyners, 63), Gakpo, Malen (Bergveyn, 46).
Italiya – Donnarumma, Toloi, Acherbi, Buonjorno, Dimarko (Spinatssola, 74), Verratti (Barella, 85), Kristante, Frattezi, Raspadori (Keza, 63), Retegi (Pellegrini, 85), Nonto (Dzanolo, 64).
Ogohlantirishlar: Dimarko (34), Barella (90+2), Vegorst (90+5), Acherbi (90+5).