14:43 / 21.06.2023
254

Krishtianu Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

Foto: Twitter/@brfootball

Krishtianu Ronaldu terma jamoa miqyosidagi 200-o‘yini oldidan Ginnesning rekordlar kitobi sertifikatini qabul qilib oldi.

38 yoshli futbolchi Yevro—2024 saralashi doirasida kechgan Islandiyaga qarshi o‘yinda (1:0) jamoasining yagona goliga muallif bo‘ldi.

Futbolchi terma jamoa miqyosidagi o‘yinlar soni bo‘yicha qayd etgan natijasi uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Ronaldu terma jamoa safida 2003-yilda debyut qilgan va ayni vaqtda o‘ziga tegishli rekordni yaxshilashda davom etmoqda.

Islandiya darvozasiga kiritilgan to‘p Ronaldu uchun terma jamoa safidagi 123-gol bo‘ldi. Krishtianu bu borada ham mutlaq rekordchi hisoblanadi.

Terma jamoa miqyosida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

  1. Krishtianu Ronaldu (200)
  2. Badir al-Mutava (196)
  3. Son Chin An (195)
  4. Ahmad Hassan (184)
  5. Ahmad Muborak (183)
  6. Serxio Ramos (180)
  7. Andres Guardado (179)
  8. Muhammad ad-Diya (178)
  9. Klaudio Suares (177)
  10. Janluiji Buffon (176)

Qayd etish kerak, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiya (IFFHS) terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida Malayziya vakili Son Chin Anni ko‘rsatadi (219 o‘yin). Biroq Anning 24 ta o‘yini rasmiy maqomga ega emas.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi