
“Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha parijliklar bilan kelishuvga erishdi, deb xabar tarqatmoqda PSG Community nashri.
PSJ egasi Tamim bin Xamad Tani “Real” prezidenti Florentino Peres bilan bo‘lgan suhbatdan keyin 24 yoshli to‘purarni Madridga jo‘natishga rozilik bergan.
Manbaning ta’kilashicha, madridliklar bu transfer uchun birdaniga 200 million yevro to‘laydi. Yana 50 million yevro bonuslar sifatida to‘lab beriladi. Buning uchun Kilian Mbappe kelajakda “Oltin to‘p” sovrini qo‘lga kiritishi va ko‘p uchrashuv o‘tkazishi talab etiladi.
Kilian Mbappe yaqinda PSJ bilan hamkorlikni 2025 yilning yozigacha uzaytirmasligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, parijliklar uni sotib yuborishga qaror qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar