15:39 / 25.06.2023
216

Jamoliddin Rahmatullayev U-17 Osiyo Kubogi—2023 chorak finali haqida nimalar dedi?

Foto: Getty Images

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yordamchi murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev U-17 Osiyo Kubogi—2023 chorak finali doirasida o‘tadigan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ertangi o‘yin haqida

Avvalambor ushbu bosqichga yetib kelgan barcha jamoalarni tabriklayman. Chorak final o‘yinlari barcha uchun muhim hisoblanadi. Ushbu o‘yin Jahon Chempionati yo‘llanmasini ham taqdim etadi. Shu sababli biz mazkur muhim o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz. 

Futbolchilarga motivatsiya berish haqida

Biz ushbu turnirga juda katta motivatsiya bilan kelganmiz. Yigitlarda ishtiyoq juda yuqori. O‘yindan o‘yinga jamoa har tomonlama rivojlanib bormoqda, ertaga ishtiyoqqa to‘lib maydonga tushamiz. Bu futbolchilar bizning kelajagimiz. Aytganimdek, ularning o‘sishlari, faoliyatlarida yirik turnirlar katta ahamiyatga ega.

Guruh bosqichi va chorak final o‘yinlari haqida

Guruh bosqichi uchrashuvlari yakunlandi, endi esa bor e’tiborimizni ertangi bahsga qaratganmiz. Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinga boshqacha yondashuv bilan tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Mas’uliyat va sovuqqonlik bilan kerakli natija uchun maydonga tushamiz. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yini 26-iyun kuni 19:00 da start oladi. Ushbu uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa yarim finalga chiqish bilan birgalikda Jahon Chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamoliddin Rahmatullayev U-17 Osiyo Kubogi—2023 chorak finali haqida nimalar dedi?