00:14 / 26.06.2023
122

Superliga. "Paxtakor" "poytaxt derbisi"da g‘alaba qozondi!

Superliga. "Paxtakor" "poytaxt derbisi"da g‘alaba qozondi!
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 25 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
 
“Bunyodkor” o‘zida “Paxtakor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Suxrob Izzatov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim “lochinlar” foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda faollikni oshirgan “sherlar” muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqada Hojiakbar Alijonov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin yakunlanishiga bir necha soniya qolganda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov darvozani ishg‘ol etib, “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi.
 
“Paxtakor” ochkolari sonini 27 taga yetkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bunyodkor” esa 16 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.
 
Vodiy derbisida “Neftchi” “Navbahor” bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda darvozalar daxlsiz qoldi va jamoalar bir ochkodan jamg‘ardi.
 
“Navbahor” ushbu durang natijadan so‘ng, 26 ochko bilan 2-pog‘onadan joy oldi. “Neftchi” esa 22 ochko bilan 4-o‘rinni band etdi.


Superliga
13-tur bahslari
25 iyun, yakshanba
 
“Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:2
Gollar: 1:0 — 11 Suxrob Izzatov, 1:1 — 74 Hojiakbar Alijonov, 1:2 — 90+4 Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.
“Bunyodkor”: 32. Suhrobjon Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Akbarjon Ismatullayev, 10. Rasul Yo‘ldoshev (57. Amir To‘raqulov, 66), 22. Usmonali Ismonaliyev (37. Muhammadodil Qahramonov, 86), 33. Doniyor Abdumannopov (99. Umid Sultonov, 66), 34. Suxrob Izzatov (15. Jasurbek Hakimov, 80), 88. Jahongir O‘rozov.
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Dostonbek Tursunov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev (11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 88), 10. Dragan Cheran, 14. Abbosbek Fayzullayev, 17. Dostonbek Hamdamov (77. Dilshod Saitov, 62), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 28. Diyor Xolmatov, 34. Farrux Sayfiyev.
 
“Neftchi” – “Navbahor” 0:0
“Neftchi”: 12. Vladimir Nazarov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 7. Umar Adhamzoda, 8. Nurillo To‘xtasinov, 13. Lutfulla To‘rayev (9. Ulug‘bek Hoshimov, 77), 19. Mirzohid G‘ofurov (70. Abbosjon G‘ulomov, 46), 20. Anvarjon G‘ofurov, 21. Muhsinjon Ubaydullayev, 22. Toma Tabatadze, 23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom-Haydar G‘ulomov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Oston O‘runov (8. Jasurbek Yaxshiboyev, 65), 10. Jamshid Iskandarov, 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorbek Ismoilov (77. Asadbek Sobirjonov, 73), 21. Temurxo‘ja Abduholiqov (11. Shohruz Norxonov, 84), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 24. Davronbek Hoshimov, 31. Luka Chermel (5. Milosh Milovich, 73).
Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov (66), Jasur Yaxshiboyev (85), Anvarjon G‘ofurov (90+1).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" "poytaxt derbisi"da g‘alaba qozondi!
ePN