Joriy yilning 27 iyun kuni Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida xalqaro “Yelorda kubogi” turniri start oldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
Musobaqaning dastlabki kunida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Avvaliga -71 kg vazn toifasida Nurislom Ismoilov mezbon Amangeldi Nurjanga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, ushbu vazndagi boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Havasbek Asadullayev qozog‘istonlik raqib Akkalikov Sabirjandan ustun keldi.
28 iyun kuni turnir doirasida uch nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tarildi. Ularning ikki nafari g‘alabaga erishgan bo‘lsa, bir nafari turnirdagi ishtirokini yakunladi.
-80 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullayev va Jasurbek Yo‘ldoshev g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bekzod Hamidov esa mezbon bokschiga imkoniyatni boy berdi.
-67 kg: Bekzod Hamidov - Seitjan Raxat (Qozog‘iston) – mag‘lubiyat;
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev - Sanjay (Hindiston) – g‘alaba;
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Shabbos Negmatulloyev (Tojikiston) – g‘alaba.