23:43 / 01.07.2023
144

Mirjalol Qosimov: "So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi"

Mirjalol Qosimov: "So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi"

"So‘g‘diyona" hamda OKMK o‘rtasidagi Superliganing qoldirilgan 8-tur o‘yinidan (1:2) so‘ng mehmon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "Bu juda ham muhim o‘yin edi, chunki avvalgi bahsda "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lgandik. Qolaversa birinchi davrani yaxshi kayfiyatda yakunlashga harakat qildik. "So‘g‘diyona" avvalgi turda "Surxon"ga mag‘lub bo‘lgani tufayli bugun qiynalishimizni bilardik. Havo ham kechagidan issiqroq bo‘ldi. Ob-havo tufayli birinchi bo‘limda temp baland bo‘lmadi. Ikkala jamoa g‘alaba uchun harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik, biroq ulardan foydalana olmadik. Biroq so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi. Shunga qaramay kerakli uch ochkoga ega bo‘ldik".


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborgan golimiz bir necha daqiqaga intriga yaratdi"
ePN