Portugaliyalik jurnalist: "Ronaldu dunyoning eng yomon diktaturasi uchun foydali ahmoqqa aylandi"
Saudiya Arabistonidagi rahbarlari tufayli Krishtianu Ronalduni tanqid qilishdi.
Siyosiy fanlar magistri Enrike Raposo Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtian Ronalduning Saudiya Arabistoni klubi bo‘lmish "Al Nassr"ga o‘tishi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Muammo dunyodagi eng yomon diktatura uchun foydali ahmoqqa aylangan Ronaldudan boshlanadi, u boshqalar uchun ham diktaturaning foydali ahmog‘i bo‘lish imkoniyatlarini ochib berdi.
U yerda Muhammad ibn Salmon al Saud (Saudiya Arabistoni bosh vaziri) degan inson bor. U mahalliy rahbarlardan hokimiyatni tortib olib, Saudiyani o‘ziga xos Yevropa tipidagi markazlashgan diktaturaga aylantiradi. Buni evaziga u ayollarga ba’zi huquqlarni berdi, ammo xohlasa bir necha yildan so‘ng qaytarib olishi mumkin.
Futbol yulduzlari, bolalar uchun namuna bo‘ladiganlar diktatura uchun foydali ahmoqqa aylanayotganini ko‘rish biroz alamli. Yevropada 5, 6, 10 mln. yevro ishlab topayotganlarga 50, 60, 70 mln. yevro taklif qilishyapti.
Yevropadagi yoshlarning ahvoliga qarang, ular umidsiz. Ishchilar toifasida ish yo‘q. Fransiyadagilarning umidsizlanayotganiga boqing. Yechimi yo‘q vaziyatda qolayotgan millionlar yoshlar fonida 60 mln. yevro topayotgan futbolchini muhokam qilish biroz syurrealik" - dedi Raposo.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring