18:49 / 02.07.2023
430

Xoland Messini “taxt”dan ag‘dardi

Xoland Messini “taxt”dan ag‘dardi

Ispaniyaning mashhur Marca nashri yakunlangan mavsumda Yevropaning yetakchi ligalarida eng zo‘r o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar reytingni tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, “Manchester Siti” safida Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi va mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan Erling Xoland birinchi o‘ringa loyiq topildi. Norvegiyalik hujumchi Angliya klubidagi debyut mavsumida jami 52 ta to‘p kiritdi.

Reytingda Xoland Yevropa futbolidagi faoliyatiga nuqta qo‘ygan jahon chempioni Lionel Messini ortda qoldirdi.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

1. Erling Xoland (“Manchester Siti”)
2. Lionel Messi (PSJ)
3. Vinisius Junior (“Real”)
4. Kilian Mbappe (PSJ)
5. Kevin de Bryuyne (Manchester Siti)
6. Rodri (Manchester Siti)
7. Antuan Grizmann (Atletiko)
8. Viktor Osimxen (Napoli)
9. Ilkay Gyundogan (Manchester Siti)
10. Xvicha Kvaratsxeliya (Napoli)


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xoland Messini “taxt”dan ag‘dardi
ePN