"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga Turkiyaning "Galatasaroy" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Nega bu transfer "muzlab qoldi".
Istambul klubi jamoa yetakchisi Ikardini jamoada saqlab qolmoqchi. Mauro esa kuchli tarkib yaratish talabini qo‘ygan, bu talab bajarilmasa argentinalik hujumchi ketishini ma’lum qilgan. Rahbariyat hozirda Leandro Paredes, Borna Sosa, Roza Andjelino, Nunu Tavares kabi nomlarni olib kelishni birinchi planga qo‘ygan. Shu sababdan turk jamoasi Eldor Shomurodovni ikkinchi hujumchi sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodovga "Galatasaroy"da tashqari Gretsiyaning PAOK klubi qiziqish bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar