“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi.
Bu haqda Braziliya futbol konfederasiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges ma’lum qildi. Murabbiy Amerika Kubogi—2024 dan so‘ng terma jamoa boshqaruviga o‘tadi.
"Real" bosh murabbiyi hali Braziliya futbol konfederasiyasi bilan shartnomaga ega emas, faqat Rodriges Ispaniyaga yaqinda bo‘lgan tashrifi chog‘ida og‘zaki kelishuvga erishilgan.
Anchelottining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga yetadi va bitim yangilanmaydi.
Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Real”dan tashqari “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “PSJ”, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi jamoalarni boshqargan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar