21:07 / 05.07.2023
111

Hasanboy, Mujibillo va Asadxo‘ja IBA chempionlar seriyasida jang qiladi

Hasanboy, Mujibillo va Asadxo‘ja IBA chempionlar seriyasida jang qiladi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) yarim professional formatda "IBA Pro Series" janglar oqshomini joriy etgan edi.
 
Ushbu seriyadagi navbatdagi boks oqshomi 15 iyul kuni Tailandning Puket shahrida bo‘lib o‘tadi. Quvonarlisi shundaki, unda 3 nafar hamyurtlarimiz Hasanboy Do‘smatov, Mujibillo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham ishtirok etadi.
 
Shuningdek, oqshomda kubalik taniqli Olimpiada va jahon chempionlari Arlen Lopes, Xulio Sezar Lakruz ham ringga ko‘tariladi.
 
To‘liq kadr quyidagicha ko‘rinish oldi:
 
Ayollar:
-63 kg: Megan De Kler (Niderlandiya) - Guadalupe Solis Akosta (Meksika)
 
-75 kg: Elif Guneri (Turkiya) - Valentina Halzova (Qozog‘iston)
 
Erkaklar:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Martin Salvador Molina (Ispaniya)
 
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov (O‘zbekiston) - Xunarit Pidnuch (Tailand)
 
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (O‘zbekiston) - Dulat Bekbauov (Qozog‘iston)
 
-80 kg: Arlen Lopes Kardona (Kuba) - Imam Xataev (Rossiya)
 
-92 kg: Xulio Sezar Lakruz (Kuba) - Enmanuel Reys Pla (Ispaniya)
 
Bahslar 5 raund davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy, Mujibillo va Asadxo‘ja IBA chempionlar seriyasida jang qiladi