23:05 / 05.07.2023
393

Dunyoning eng zo‘r o‘nta hujumchisi aniqlandi. Ro‘yxatda Mbappe ham, Messi ham yo‘q!

Dunyoning eng zo‘r o‘nta hujumchisi aniqlandi. Ro‘yxatda Mbappe ham, Messi ham yo‘q!

ESPN nashri o‘z saytida yakunlangan mavsumning eng zo‘r hujumchilari reytingini tuzib chiqibdi.

Bu reytingga faqat markaziy hujumchi sifatida to‘p tepayotgan va asosiy vazifasi hujumlarni samarali yakunlab, gol urish bo‘lgan o‘yinchilar kiritildi. Shu bois, oldingi chiziqda boshqa vazifalarni ham bajaradigan Kilian Mbappe va Lionel Messi kabi yulduzlar bu reytingga kiritilmadi.

Ayni paytda Erling Xoland dunyoning eng zo‘r hujumchisi ekanini yakunlangan mavsumdagi 52 ta gol bilan isbotlab qo‘ydi.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Erling Xoland («Manchester Siti»).
2. Karim Benzema («Real Madrid»).
3. Harri Keyn («Tottenxem Xotspur»).
4. Viktor Osimxen («Napoli»).
5. Robert Levandovski («Barselona»)
6. Gabriel Jezus («Arsenal»).
7. Randal Kolo Muani («Fransiya»).
8. Aleksander Isak («Nyukasl»).
9. Dushan Vlaxovich («Yuventus»).
10. Jonatan Devid («Lill»).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng zo‘r o‘nta hujumchisi aniqlandi. Ro‘yxatda Mbappe ham, Messi ham yo‘q!