13:48 / 06.07.2023
416

Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi birinchi jangidan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi birinchi jangidan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

O‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev ilk jangi uchun qancha mablag‘ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi.

UFC'dagi debyut jangida braziliyalik Bruno Ferreyrani ilk raundda nokautga uchratgan hamyurtimiz birinchi jangi uchun 16 000 $ ishlab olgani ma’lum bo‘ldi. UFC Nursultonga jang uchun 12 000 $, reklama uchun esa 4 000 $ to‘lagan.

Bundan tashqari, Nursulton «eng yaxshi ishtirok» uchun 50 000 $ miqdorida bonusga ham ega bo‘ldi. Shunday qilib, Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi birinchi jangi uchun umumiy hisobda 66 000 $ ishlab oldi. Ro‘ziboyevning raqibi Bruno Ferreyra esa bu jang uchun 16 000 $ bilan cheklandi.

Qayd etish joiz, liga jangchilarga o‘z formalarida Reebok kompaniyasini reklama qilishlari uchun pul to‘laydi. Bunda jangchilarning maqomi, ya’ni UFC'da nechta jang o‘tkazgani va nomdorligi rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yakkakurashchi Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) UFC promoushenidagi debyut jangida raqibini birinchi raunddayoq mag‘lub etgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi birinchi jangidan qancha ishlab olgani ma’lum bo‘ldi