date

Portugaliya Evro-2016ning chorakfinal qatnashchisiga aylandi

Portugaliya Evro-2016ning chorakfinal qatnashchisiga aylandi

Portugaliya Xorvatiya ustidan g‘alaba qozonib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Portugaliya terma jamoasi berilgan qo‘shimcha vaqtdan unumli foydalanib, raqib komanda ustidan nimchorak finalda g‘olib keldi.

Shu tarzda Portugaliya Evro-2016ning ikkinchi chorakfinalchisiga aylandi. Bundan avval Polsha Shveysariya ustidan g‘alaba qozonib, chorakfinalga chiqqan edi. Endi Portugaliya Polsha bilan futbol maydonida uchrashadi.

Fransiyaning Lans shahrida bo‘lib o‘tgan futbol uchrashuvida o‘yin 1:0 hisobida Portugaliya foydasiga hal bo‘ldi. O‘yinning 117-nchi daqiqasida yarimhimoyachi Rikardu Kuarejma raqib darvozasiga gol urdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portugaliya Evro-2016ning chorakfinal qatnashchisiga aylandi