PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappening klub bilan shartnomani uzaytirmasligi haqidagi xabarnomasiga alam bilan javob qaytardi. Bu haqda Fransiyaning mashhur L'Equipe nashri xabar tarqatdi.
- Juda katta loyihani muhokama qilganimiz, Yevropa va Fransiyadagi qonunchilik cheklovlari va transfer bozoridagi vaziyatdan kelib chiqib, uni qisman amalga oshira olganimiz rost.
Vaziyat to‘liq bizning nazoratimizda emas. Shunga qaramay, biz sening barcha talablaringni qondirishga harakat qilib kelgandik. Biz sendan boshqa hech qaysi o‘yinchiga bunday imkoniyat bermas edik, - deyiladi javob xatida.
Manbaning ta’kidlashicha, maktubda rahbariyati Mbappening harakatlaridan noroziligi bildirgan va uning ketish haqidagi murojaati klubga qancha miqdorda ziyon keltirgani keltirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring