23:07 / 08.07.2023
205

Mbappening intervyusi PSJ futbolchilariga yoqmadi

Mbappening intervyusi PSJ futbolchilariga yoqmadi

Kilian Mbappe intervyuda PSJni tanqid qilgani klub futbolchi va bosslariga yoqmadi.

Oldinroq, fransiyalik futbolchi intervyuda PSJning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligiga klub rahbariyati aybdorligini aytgan edi. Shu bilan birga Kilian PSJda to‘p tepayotgani tufayli uning o‘yiniga past baho berilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, PSJ futbolchilarining bir qismiga bu intervyu yoqmagan. Olti futbolchi bu haqda klub prezidenti Nosir Al Helayfiga ma’lum qilgan. Futbolchilardan biri ushbu intervyuni "klubning haqoratlanishi" deb atagan.

Al Helayfining o‘zi bundan shokda va Mbappening qilgan ishi hamkasblari, murabbiylar va muxlislarga bo‘lgan hurmatsizlik deb hisoblaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening intervyusi PSJ futbolchilariga yoqmadi
ePN