12:17 / 09.07.2023
206

"UFC 290" turniri natijalari: Chempionlar uchun "qo‘rqinchli tushga" aylangan kecha

"UFC 290" turniri natijalari: Chempionlar uchun "qo‘rqinchli tushga" aylangan kecha

Bugun tongda "UFC 290" turniri bo‘lib o‘tdi. Ko‘plab qiziqarli va kutilmagan janglarni guvohiga aylandik. Jumladan, o‘rta vazn toifasi sobiq chempioni Robert Uittaker JAR vakili Drikus dyu Plessiga texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, super yengil vazn chempioni Brendon Moreno braziliyalik Aleksandre Pantoyaga ochkolarga ko‘ra, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Quyida, to‘liq natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy kard:

Yarim yengil vazn (65,8 kg):

+Aleksandr Volkanovski (Avstraliya) – Yair Rodriges (Meksika) - Volkanovski 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Super yengil vazn (56,7 kg):
Brendon Moreno (Meksika) – Aleksandre Pantoya (Braziliya) - Pantoya ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

O‘rta vazn (83.9 kg):
Robert Uittaker (Avstraliya ) –Drikus Dyu Plessi (JAR) - Plessi 2-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Yengil vazn (70,3 kg):
Den Xuker (Yangi Zellandiya) – Jalin Tyorner (AQSH) - Xuker ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

O‘rta vazn (83,9 kg):
Bo Nikal (AQSH) – Valentayn Vudbern (AQSH) - Nikal 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.

Yarim o‘rta vazn (77,1 kg):
Robbi Louler (AQSH) – Niko Prays (AQSH) - Louler 1- raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Prelim kard:

Minimal vazn (52 kg):
Yasmin Yaoregi (Meksika) — Denis Gomes (Braziliya) - Gomes 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.

Yarim og‘ir vazn (93 kg):
Jimmi Krut (Avstraliya)  — Alonso Menifild (AQSH) - Menifild 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

Yarim og‘ir vazn (93 kg):
Vitor Petrino (Braziliya)— Marchin Prachnio (Polsha) - Petrino 3-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

O‘ta yengil vazn (61,2 kg):
Kameron Saymon (JAR) — Terens Mitchell (AQSH) -Saymon 1-raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi.

Yengil vazn (70,3 kg):
Shennon Ross (Avstraliya) — Xesus Santos Agilar (Meksika) - Agilar 1-raundda nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Yengil vazn (70,3 kg):
Kamuela Kirk (AQSH)— Esteban Ribovich (Argentina) - Ribovich hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchdi.

Super yengil vazn (56,7 kg):
Tatsuro Tayra (Yaponiya) — Edgar Chayres (Meksika) - Tayra hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "UFC 290" turniri natijalari: Chempionlar uchun "qo‘rqinchli tushga" aylangan kecha
ePN