Fransiya poytaxti mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, yosh iqtidorli para atletimiz ham ushbu natijasi orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani naqd qilib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bellashuvlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya sohibiga aylangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar