20:10 / 10.07.2023
58

Paralimpiya. Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi

Paralimpiya. Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi

Parijda bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida F37 klassining yadro uloqtirish dasturidada birdaniga ikki nafar hamyurtimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Jumladan, Qudratulloxon Ma’rufxo‘jayev 14 metr 69 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 14 metr 62 sm natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldoshev delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, har ikkala sportchimiz ushbu musobaqada o‘zlarining shaxsiy rekordlarini o‘rnatishdi va eng muhimmi, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritishdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Paralimpiya. Ikki nafar hamyurtimiz jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarildi
ePN